Loading

 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti haqida:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (qisqartmasi – TATU) 1955-yilda tashkil etilgan. 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (qisqartmasi - TEAI) deb nomlangan bo'lib, 2002-yili 1-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga koʻra u universitetga aylantirildi hamda 2002-2017 yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi bilan faoliyat yuritgan. 2017-yilda Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi.

1955-yil 28-iyun
  • Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti o‘z faoliyatini boshladi (Sobiq SSSR Aloqa vazirining 487-son buyrug‘I bilan) – Rektor vazifasini bajaruvchi N.B.Matskevitch
1957-yilda
  • M.I.Astaxov rektor etib tayinlandi
1957/1958-yillarda
  • Radioaloqa va Radioeshittirish fakulteti hamda kechki va sirtqi ta’lim bo‘limlari tashkil etildi.
1961-yilda
  • Institut yangi binoga ko‘chib o‘tdi.
  • O‘quv-ishlab chiqarish bazasi tashil etildi.
1965-yilda
  • Talabalar soni – 4000 nafar
  • Kafedralar/laboratoriyalar soni – 21 / 40 ta
  • Bitiruvchilar soni - 915 nafar
1966-1970 yillarda
  • Toshkent Elektrotexnika Aloqa Institutida 1900 nafar elektraloqa muhandislari tayyorlandi.
1966-yilda
  • Toshkent zilzilasidan so‘ng Institut hududida 3 ta mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun pavilyonlar tashkil etildi.
1966-yilda
  • Talabalar uchun 2 ta turar joy har biri 480 o‘rinli binosi foydalanishga topshirildi (avvalgi Jahon Obidova ko‘chasi - hozirgi Bog‘I Shamol ).
1969-yilda
  • Telefon-Telegraf Aloqasi fakulteti bazasida Avtomatik Elektr Aloqa va Ko‘p kanalli Elektr Aloqa fakultetlari tashkil etildi.
1972-yilda
  • S.N.Kolesov Institut rektori etib tayinlandi.
1973-yilda
  • Institut hududida 40 xonadonga mo‘ljallangan uy, ikki qavatli talabalar oshxonasi va hisoblash markazi uchun maxusu 2 bino qurildi
1976-yilda
  • Toshkent Elektrotexnika Aloqa Institutiga t.f.d., professor, akademik D.A.Abdullaeyev rektor etib tayinlandi.
1979-yilda
  • Toshkent Elektrotexnika Aloqa Institutining Farg‘ona, Frunze (hozirgi Bishkek), Dushanbe va Almata shaharlarida sirtqi fakultetning tayanch punktlari tashkil etildi.
1974-yildan
  • Har yili 400 nafar talabalar O‘zbekistonning, Rossiya, Qirg‘iziston davlatlarida “Talabalar Qurilish Otryadi”ga jalb etilgan.
1979-yilda
  • Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti kutubxonasi jamg‘armasi 300 mingdan ortiq kitob va jurnalga ega bo‘ldi.
1982-yilda
  • Talabalar uchun 3 ta 9 qavatli turar joy binosi foydalanishga topshirildi.
1986/1987 yilldan
  • Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika fuqarolarini o‘qishga qabul qilish boshlandi
1990-yilda intitutda
  • 27 ta kafedra, 75 ta o‘quv markazi, 17 ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, hisoblash markazi va 3 ta kompyuter xonasi, rangli televizor, o‘quv markazi faoliyat ko‘rsatdi.
1991 yildan
  • Termiz shahrida universitet filiali tashkil qilindi
1991 yilda
  • Institutga 3 ixtisoslik bo‘yicha aspiranturaga tashkil etildi va nomzodlik disertatsiyalarini himoya qilishga ruxsat etildi
1992 yilda
  • TEAIga t.f.d., professor, akademik T.D.Radjabov rektor etib tayinlandi.
1993-yilda
  • TEAI qoshida aloqa zobitlarini tayyorlash uchun maxsus fakultet tashkil etildi
1994 yil
  • Institut qoshida Markaziy Osiyo Telekommunikatsiya o‘quv markazi tashkil etildi
1994/1995 yildan
  • Institutda telekommunikatsiya, televideniya, radioeshittirish va radioaloqa, menejment yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash boshlandi.
1996 yilda
  • Respublika aloqa vazirligining buyrug‘I asosida universitetda muhandis-iqtisodchi fakulteti tashkil etildi
1997 yilda
  • Institut tarkibidagi litsey-internat o‘z faoliyatini boshladi
1999 yilda
  • Institut 808 ta injener va bakalavrlar tayyorlab, hayotga yo‘llanma berdi
1999 yilda
  • TEAIda magistratura bo‘limi ochildi.
2002 yil
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan TEAI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) deb atala boshlandi
2002/2003 yilda
  • Ikki yangi yo‘nalish v amutaxassisiklar; elekron tijorat va axborot xavfsizligi bo‘yicha bakalavr df magistrlar tayyorlash boshlandi.
2005-yilda
  • Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Fargʻona shaharlarida TATU mintaqaviy filiallari tashkil etildi.
2007-yilda
  • TATU qoshidagi "O‘zbekiston-Koreya axborot almashish" markazi ochildi. TATU va Koreya milliy axborot agentligi (NIA) bilan Anglashuv Memorandumi asosida tashkil topgan.
2009 yil
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarori bilan TATUda yangi “Televizion texnologiyalar” fakulteti tashkil etildi.
2010-yilda
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Elektronika kafedrasi qoshida NATIONAL INSTRUMENTS texnologiyalari markazi ochildi.
2013 yili
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-1942 Qarori bilan texnika yo‘nalishlariga kirish imtihonlari tarkibiga xorijiy til kiritildi.
2013/2015 yilda
  • Aholining kompyuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida TATU va uning filiallarida "Bunyodkor yoshlar 2013”, "Bunyodkor yoshlar 2014” va "Bunyodkor yoshlar 2015” kompyuter savodxonlik guruhlari tashkil qilindi.
2013 yili
  • Davlat aloqa qo‘mitasining 30.09.2013 y. №366 sonli "TATU qoshida "Elektron xukumat” o‘quv markazi yaratish haqida”gi buyrug‘iga asosan o‘quv markazi tashkil qilindi va 9195 nafardan ortiq davlat va mahalliy hokimiyat xodimlari ta’lim oldi.
2017-yilda
  • Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi.
2018-yilda
  • TATU davlat OTMlari orasida birinchilardan bo‘lib ta’limning kredit tizimiga o‘tildi.
2019-yilda
  • TATU tarkibida O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti tashkil etildi.
2019-yilda
  • TATU va JICA hamkorligida O‘quv media markazi ochildi.
2020-yilda
  • TATUda “Data Center” ochildi.
2021-yilda
  • Toshkent viloyatida TATU Nurafshon filiali o‘z faoliyatini boshladi.
2022-yilda
  • TATUda “TUIT Incubation Center” markazi ochildi.
2022-yilda
  • TATUda Masofaviy ta’lim shaklida talabalar qabul qilindi.
2022-yilda
  • TATUda zamonaviy “F” o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.
2023-yilda
  • TATUda yangi zamonaviy zamonaviy yangi Sport Majmuasi foydalanishga topshirildi..
2024-yilda
  • Universitetning B va C binolari to‘liq qayta ta’mirlandi. Universitet foyesi zamonaviy uslub va milliy dizaynda ta’mirlanib yangi qiyofaga ega bo‘ldi.
  • Bir vaqtning o‘zida 500 dan ortiq talabalarga xizmat ko‘rsatuvchi Kutuxona tashkil etilib zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi.
  • Universitetda Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va Sun’iy intellekt oliy muhandislik maktabi tashkil etildi.
  • “Tarmoq – Korxona - Oliygoh” tamoyili asosida soha korxonalari bilan integratsiyani ta’minlovchi 14 ta yangi laboratoriyalar tashkil etildi.
2025-yilda
  • 28-martdan 8-aprelgacha bo‘lib o‘tgan “Oliygoh kubogi”da 3 mingdan ortiq talaba ishtirok etdi. “Kelajak texnologiyalari” ko‘rgazmasiga 1000 ga yaqin ishlanma taqdim etilib, 300 dan ortig‘i finalga saralandi.
  • 2025-yil aprel oyi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yurtimizda ilk bor “Muhandislik oyligi” deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan, 8-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Muhandislik oyligi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur marosimda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, shuningdek, muhandislik yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.